Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun poytaxtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisga Senat raisi Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.
Majlisda Senat a’zolari, hukumat vakillari, vazirlik va idoralar mutasaddilari, mahalliy Kengash deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Davlat kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Kun tartibi va majlis yakunlari haqida batafsil ma’lumot majlis yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.