Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Sport 29/03/2025 OAV: “Galatasaroy” Abbosbek Fayzullayevning transferiga qiziqish bildirmoqda

OAV: “Galatasaroy” Abbosbek Fayzullayevning transferiga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istanbulning “Galatasaroy” Moskvaning SSKA klubida to‘p surayotgan o‘zbek yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Markaj News.

Manbaning maʼlumotiga ko‘ra, turk klubi 21 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda va u atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Rossiya Premyer-ligasida Fayzullayev 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling