Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
Texnologiyalar 16/02/2025 Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt: tendensiyalar va istiqbollar

Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt: tendensiyalar va istiqbollar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — FrankFort mehmonxonasida BMTTDning “Yoshlarga raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro ekspert Aylin Trenkmann tomonidan Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot, raqamli tadbirkorlik va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari taqdim etildi.

Muhokama qilingan asosiy jihatlar:

• Sun’iy intellekt biznes va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

• Raqamli sohada startaplar uchun imkoniyatlar

• Raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va eng yaxshi amaliyotlar

• Innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning roli

Shuningdek, davra suhbatida Andrin Fink, Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi Missiyasi rahbarining o‘rinbosari, Akiko Fujii, BMTTDning O'zbekistondagi Rezident vakili va boshqa tegishli idora vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir Oʻzbekistonda raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni joriy etishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling