Nuriddin Qodirov O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Favqulodda vaziyatlar vazirining yangi o‘rinbosarini tayinladi.
Davlat rahbarining qaroriga ko‘ra, Nuriddin Qodirov Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari – Ma‘naviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Qodirov avval Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.