Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda

Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda

Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasining muhokamasi ham qizg‘in kechdi.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha subyektlar soni ortishi, ijtimoiy xizmatlar bozori kengayishi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berishni taqozo etyapti.

Ushbu qonun loyihasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini barcha turdagi soliqlarni 2030 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ularning xizmatlaridan foydalanadigan ota-onalarni (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) nogironligi bo‘lgan bolalari uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lanadigan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish belgilab qo‘yilyapti.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur toifadagi bolalar mavjud bo‘lgan oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling