Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Sport 11/03/2025 Nodirbek Yaqubboyev Chexiyadagi shaxmat festivalida Challengers turniri g‘olibi bo‘ldi

Nodirbek Yaqubboyev Chexiyadagi shaxmat festivalida Challengers turniri g‘olibi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yaqubboyev Chexiyada o‘tkazilgan shaxmat festivali doirasidagi Challengers turnirida g‘alaba qozondi.

Festival doirasida uchta davriy turnir tashkil etildi:

Masters — musobaqaning asosiy turniri,

Challengers — Masters guruhiga yo‘llanma olish uchun saralash bosqichi,

Futures — g‘oliblari Challengers guruhida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan musobaqa.

Nodirbek Yaqubboyev musobaqada 5 ta g‘alaba qozondi va 4 ta durang qayd etdi, bironta mag‘lubiyatga uchramadi. U 9 ochkodan 7 tasini to‘pladi va shu natijani qayd etgan Daniyalik Yonas Byul Byerre bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi. Tay-breyk bahslaridagi muvaffaqiyatli o‘yin esa unga g‘oliblikni taʼminladi.

Ushbu g‘alaba Yaqubboyevga kelasi yil Masters guruhida ishtirok etish imkonini berdi. Shuningdek, u shaxsiy reytingini 2665ga yetkazib, eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biriga yaqinlashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling