“Navoiyuran” DUKning ishlab chiqarish hajmi 6,8 trln so‘mga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Navoiyuran” davlat unitar korxonasi 2025 yilning birinchi yarim yilligidagi ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati yakunlarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 6,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga ko‘p.
Korxonada taʼkidlanishicha, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish orqali mahsulot tannarxini 211,2 milliard so‘mga pasaytirishga erishilgan.
Korxonaning investitsiyaviy faoliyati ham ijobiy surʼatda davom etmoqda — 2025 yil yanvar-iyun oylarida 56,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirildi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 35,7 foizga ko‘p.
Hisobot davrida davlat byudjetiga 2,4 trln so‘m miqdorida soliq va majburiy to‘lovlar to‘langan.
Lokallashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi olti oyda 60 milliard so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,5 foizga ko‘p.