Valyuta kurslari 18/08/2025
$1 – 12547.38
UZS – -0,27%
€1 – 14665.38
UZS – -0,22%
₽1 – 157.02
UZS – -0,46%
Qidirish
Iqtisod 18/08/2025 “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida sianid tuzlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleks ishga tushirildi

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida sianid tuzlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleks ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Navoiyazot”AJ negizida sianid tuzlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi.

Zamonaviy ko‘rinishga ega, eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlangan majmua yiliga 80 ming tonna suyuq natriy sianidi, 8000 tonna sinil kislotasi, 50 ming tonna ammoniy sulfati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bugungi kunda 40 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan korxona bosqichma-bosqich to‘liq quvvatga yetkaziladi. Mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan majmuada ishlab chiqarish jarayoni avtomatik tarzda boshqariladi.

Qo‘shma korxona mahsulotlari konchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, ichimlik suvini zararsizlantirish va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling