Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 11/03/2025 «Navoiy azot»da portlash: bir kishi halok bo‘ldi, 11 nafar jabrlandi

«Navoiy azot»da portlash: bir kishi halok bo‘ldi, 11 nafar jabrlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11 mart kuni soat 14:10 da Navoiy shahridagi «Navoiy azot» AJ hududida 25-sex laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi portladi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Portlash oqibatida yong‘in kelib chiqqan, yong‘in-qutqaruv guruhlari uni soat 14:20 da mahalliylashtirib, 14:50 da to‘liq bartaraf etgan.

Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 11 nafar shaxs tan jarohati oldi. Jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling