My Freighter aviakompaniyasi o‘z parkni sakkizinchi Boeing 767-300 yuk samolyoti bilan to‘ldirdi
(Surat: AviaSpotterUz – Uzbekistan Spotters Team)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — My Freighter kompaniyasi sakkizinchi Boeing 767-300 yuk samolyotini qabul qilib oldi. Samolyot 2025 yil 3 may kuni Chexiyaning Ostrava shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Planespotters.net portali maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur samolyot AQSHning Everett shahrida 1993 yil oxirida ishlab chiqarilgan. U 2024 yil fevralgacha Germaniyaning Condor aviakompaniyasi tomonidan foydalanilgan.
Laynerning so‘nggi egasi sifatida AQSHda joylashgan Cargo Aircraft Management (CAM) kompaniyasi ko‘rsatilgan. My Freighter ushbu samolyotni ehtimolan ijara asosida qabul qilgan. 2024 yil avgust oxiridan 2025 yil martgacha samolyot yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan Boeing 767-300 versiyasidan yuk tashishga moslashtirilgan 767-300 (F) versiyasiga qayta jihozlangan.
My Freighter kompaniyasi taʼkidlashicha, yangi keng fyuzelyajli yuk samolyoti bo‘lgan Boeing 767-300 aviakompaniyaning jahon bo‘ylab yuk yetkazib berishdagi manyovraligi va operativligini sezilarli darajada oshiradi.
Hozirda My Freighter aviaparkida sakkizta samolyot mavjud bo‘lib, ulardan yettitasi Boeing 767-300, biri esa Boeing 757-200 modelidir. Kompaniya samolyotlarining o‘rtacha yoshi taxminan 30 yilni tashkil etadi.