Valyuta kurslari
$1 –
UZS – %
€1 –
UZS – %
₽1 –
UZS – %
Qidirish
O‘zbekiston 09/10/2024 Moskvaga amaliy tashrif yakunlandi

Moskvaga amaliy tashrif yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish maqsadida Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

"Vnukovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling