Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 14/03/2025 Moskvada B2B uchrashuvlari: O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yangi bozorlarga yo‘l olmoqda

Moskvada B2B uchrashuvlari: O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari yangi bozorlarga yo‘l olmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda “Fashion Style Russia”, “Intertkan.Vesna 2025” va “Legprom SNG+” ko‘rgazmalari doirasida Rossiyaning Moskva shahrida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining savdo missiyasi tashkil etildi.

13 mart kuni, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Moskva shahrida yirik B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Tadbirda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda Rossiyaning yirik importyorlari va ulgurji xaridorlari ishtirok etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bordilar.

Uchravushlar doirasida 40 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga katta qiziqish bildirildi va qator yirik kompaniyalar bilan hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ushbu muzokaralar O‘zbekiston tadbirkorlari uchun xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling