Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 14/03/2025 Migratsiya agentligi va “KAMAZ” o‘zbek ishchilari uchun mehnat shartnomasi imzoladi

Migratsiya agentligi va “KAMAZ” o‘zbek ishchilari uchun mehnat shartnomasi imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev “KAMAZ” rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvda mutaxassislarni tashkiliy tartibda ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ushbu kelishuv “Kamaz”da ishlash istagini bildirgan hamyurtlarimizni O‘zbekistonda kasb va tilga o‘qitish, tanlovlarni yana-da qulay sharoitlarda o‘tkazish va ishga joylashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Hozirda korxonada Agentlik tomonidan yuborilgan 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz vaqtincha mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu yerda asosan yuk avtomobillari, avtobus, turli hajmdagi dvigatellar, maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling