Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistonining Miahona kompaniyasi bosh ijrochi direktori Avad al-Otaibi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar amaldagi kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi atroflicha o‘rganilib va yangi loyihalarni ishga tushirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Alohida e’tibor kompaniyaning ilg‘or tajribasi va innovatsion texnologiyalarini O‘zbekistondagi tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga jalb etish masalasiga qaratildi.