Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda

Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashini ta’minlash, mediatsiya sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlash orqali sudlarda ish yuklamasini kamaytirishga erishishdan iborat.

U bilan mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda. Notariuslarga “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan barcha turdagi sohalar bo‘yicha mediator vazifasini amalga oshirish vakolati berilyapti.

Shuningdek, mediatorlarning har uch yilda malakasini oshirish zarurati belgilanmoqda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etishga oid qoidalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, sudlardagi ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling