Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 19/02/2025 Ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizim kodi belgilanmoqda

Ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizim kodi belgilanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalarda axborot tizimlarini joriy qilish, ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali axborot almashinuvini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ma’muriy-hududiy birliklarga oid qaror va boshqa hujjatlarni elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun loyihasi bilan ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish va boshqa tizimlar bilan axborot almashinuvida birhillikni ta’minlash maqsadida ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizim kodi belgilanmonda.

Shuningdek, ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizim kodi ko‘rsatilgan ro‘yxatini shakllantirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining nomlanishi ularning qonunchilik hujjatlaridagi rasmiy nomlanishiga muvofiqlashtirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritilyapti.

Qonun loyihasining qabul qilinishi tegishli vazirlik va idoralar elektron bazalari bilan integratsiya qilish va ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, davlat reyestrida ishonchli axborotlar asosida markazlashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling