Malayziyaga rasmiy tashrif yakunlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Bugun Kuala-Lumpur shahrida Prezidentimiz Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan sermahsul muzokara o‘tkazdi.
Sammit yakunida Kelajak avlodlar uchun strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi va hamkorlikning turli sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari va Malayziya Bosh vaziri biznes forumida ishtirok etib, "Petronas" kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.
Madaniy dastur doirasida O‘zbekiston yetakchisi Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi.
Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.