Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda ma'lumotlar markazini qurishga qiziqish bildirmoqda — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda ma'lumotlar markazini qurishga qiziqish bildirmoqda

Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda ma'lumotlar markazini qurishga qiziqish bildirmoqda

Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda ma'lumotlar markazini qurishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Basis Bay" kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashining ijrochi raisi Praba Txiagarajax bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirkorning aytishicha, kompaniya mamlakatda yagona to'liq Malayziya rezidenti ta'sisligida ma'lumotlar markaziga (data center) asos solgan. Osiyo mintaqasida birinchilardan bo'lib, 2009-yilda energiya samaradorligi va ekologik toza texnologiyalarga asoslangan "yashil" ma'lumotlar markazi faoliyatini yo'lga qo'ygan.

Mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan siyosati va strategik joylashuvini inobatga olib, Malayziya tomoni bilan O'zbekistonda ma'lumotlar markazini qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

"O'zbekiston axborot texnologiyalari bozori va ma'lumotlar markazini qurish istiqbollarini o'rganib chiqish uchun yaqin kelajakda kompaniyamiz mutaxassislaridan iborat ishchi delegatsiyasining O'zbekistonga amaliy safari rejalashtirilgan", – dedi u.

"Basis Bay" kompaniyasi 1996-yilda tadbirkor Praba Txiagarajax tomonidan asos solingan. Kompaniya Malayziyaning axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchilardan biri bo'lib, asosan ma'lumotlar markazlari (data centers) hamda bulutli (cloud) xizmatlarni taqdim etishga ixtisoslashgan. Hozirga kelib, kompaniya Kuala-Lumpur va uning atrofida 4 ta ma'lumotlar markaziga egalik qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling