Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 25/04/2025 Malayziya kompaniyasi 2026 yildan Yangiyo‘lda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Malayziya kompaniyasi 2026 yildan Yangiyo‘lda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi sohasi avvalgidek emasligi, endilikda, u ilm-fanga asoslangan. So‘nggi vaqtlarda uchuvchisiz boshqariladigan qurilma — dronlar xizmatidan turli yo‘nalishlarda foydalanish ancha ommalashdi. Shu maqsadda, Yangiyo‘l tumani hokimi O. Ataullayev Malayziyaning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasida yetakchi bo‘lgan “Meraque Group Snd Bhd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.  

Kompaniya rahbari Li Ismail hududni o‘rganar ekan, poliz va dukkakli ekinlar yetishtirishda eng so‘nggi dron texnologiyalarini joriy etish uchun qulay muhit ekanligini ta’kidladi. Bu kabi dronlar agrokimyoviy ishlov jarayonlarini yuqori aniqlik, tezlik va resurslarni tejagan holda bajarishga qodirligi ko‘rsatildi.

Xabaringiz bor, 2024-yil fevral oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda mazkur kompaniya o‘rtasida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari, dronlarni mahalliylashtirishga qaratilgan kelishuv bitimi imzolangan edi. 

Shu maqsadda, ushbu loyihani hayotga tatbiq etish maqsadida ikki tomon o‘rtasida bir qator kelishuvlar amalga oshirildi. Ya’ni, 3 million dollar miqdorida boshlang‘ich investitsiya kiritish evaziga, mahalliy kadrlar ko‘magida ilk texnikalar 2026-yil iyul oyidan ishlab chiqarila boshlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling