Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Moliya 27/03/2025 Makesense fond bozoriga 300 milliard so‘mlik obligatsiyalar bilan kiradi

Makesense fond bozoriga 300 milliard so‘mlik obligatsiyalar bilan kiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Solutions Lab“ AJ (Uzum Nasiya xizmati) egasi “Makesense“ MChJ “Toshkent“ RFBda ochiq obuna asosida jami 300 mlrd so‘mlik 600 dona obligatsiyalarni joylashtirmoqda.

Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 500 mln so'mni tashkil etadi (dastlab 1 mlrd so'm nominal qiymat rejalashtirilgan edi, ammo 17 mart kuni kompaniya egasi uning ikki barobar kamaytirilishi haqidagi qarorni qabul qildi.

Emissiyaning takroriy davlat ro'yxatidan o'tish jarayoni 2025 yil 19 martda bo'lib o'tdi. Obligatsiyalar bo'yicha foiz stavkasi yillik 25% qilib belgilandi.

2024 yilga oid MHXS (IFRS) hisoboti bo'yicha, “Makesense“ MChJ dividendlar shaklida 21,6 mlrd so'm daromad olgan (2023 yilda bu ko'rsatkich 5,6 mlrd so'mni tashkil etgan). Kompaniyaning sof foydasi yil davomida 24,1% ga o'sib, 6,2 mlrd so'mga yetgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling