Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 “L&T Construction” va “O‘zeltexsanoat” kompaniyalari yirik energetika loyihalari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini o‘rganmoqda

“L&T Construction” va “O‘zeltexsanoat” kompaniyalari yirik energetika loyihalari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonining “ACWA Power” investitsiyalari asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan muqobil energetika loyihalarining bosh pudratchisi – “L&T Construction” kompaniyasi vakillari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari hamrohligida ChTZ, Elstan va Mega Trans Energy korxonalariga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihalari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Xalqaro miqyosda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan “L&T Construction” vakillari, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar va texnik yechimlarni hayotga tatbiq etish borasida fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda muqobil energetika sohasidagi yirik loyihalarni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatidan samarali foydalanish va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling