Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bino va inshootlarda o‘rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo‘lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta tartibda majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Foydalanishga topshirilgan va yangi o‘rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Dastlabki texnik ko‘rik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda texnik ko‘rik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda maʼlumot yorlig‘i liftga yopishtiriladi:
Texnik ko‘rik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorlig‘i bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.