Valyuta kurslari 24/12/2024
$1 – 12902.00
UZS – 0,07%
€1 – 13428.40
UZS – 0,31%
₽1 – 127.60
UZS – 1,3%
Qidirish
O‘zbekiston 23/12/2024 Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri etib tayinlandi

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Seitova Leyli Po‘latovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Leyli Seitova 1970-yil 23-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Nukus qishloq xo‘jalik kolleji, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi, Nukus va Xo'jayli tumanlari bo‘yicha g'aznachilik bo‘linmalari, Nukus tumani moliya bo‘limida mas'ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a'zosi bo‘lgan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling