Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi yarim himoyachisi Lazizbek Mirzayev Ispaniyada faoliyatini davom ettirib, «Leganes» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda «Lokomotiv» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mirzayev futbolchilik faoliyatini «Lokomotiv» futbol maktabida Saydullo Tursunov rahbarligida boshlagan va o‘z yosh toifasida eng istiqbolli o‘yinchilardan biri sifatida tanilgan.
Shuningdek, u O‘zbekistonning U-17 yoshlar terma jamoasida sardor sifatida o‘ynab, yetakchilik xususiyatlari va yuqori o‘yin ko‘nikmalarini namoyish etgan.
«Leganes» klubi hozirda Ispaniyaning oliy divizioni — La Ligada ishtirok etmoqda va turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.