Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 04/03/2025 Laziz Kudratov Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Laziz Kudratov Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling