Valyuta kurslari 05/05/2025
$1 – 12915.07
UZS – 0,12%
€1 – 14659.90
UZS – 0,44%
₽1 – 156.43
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 05/05/2025 Ko‘rgazma eng yangi texnologiyalarni taqdim etdi va masala qo‘ydi

Ko‘rgazma eng yangi texnologiyalarni taqdim etdi va masala qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14 mayda Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da « IDECA 2025» Markaziy Osiyo xalqaro Stomatologik ko‘rgazma boshlanadi. Mazkur muhim stomatologik ko‘rgazmada nafaqat soha yangiliklari namoyish etiladi, shuningdek, master-klasslarni, ilmga oid modullar, hamda dolzarb mavzudagi munozaralarni o‘z ichiga olgan forum bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. 

Qizig‘i shundaki, ko‘rgazma nafaqat stomatologiyaga taalluqli. Tadbirning nufuzli mehmoni professor Lakshm an Samaranyanke (Gongkong) «Stomatologiyada infeksiyalarning oldin olish va ularni nazorat qilishga muhim nazar» loyihasini taqdim etadi.

Bugungi kunda tibbiyot xodimlari qanday qilib o‘zlarini bemorda mavjud bo‘lgan infeksiyadan asrash va boshqa bemorga o‘tishining oldini olish masalasi jiddiy tus olgan. Hech kimga sir emaski, har xil infeksion kasalliklarning nafaqat soni oshib boryapti, balki ularning turlar ham ko‘payib boryapti. Demak, infeksion nazoratga yondashuv ham muttasil ravishda qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanib borilishi kerak. Masalan, O‘zbekistonda shifokor qo‘lini, asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilishda tarkibida xlor mavjud bo‘lgan vositalar qo‘llaniladi. Bulardan esa ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar voz kechgan. Chunki ularda inson organizmi uchun salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, hamda tibbiy uskunalarga ziyon yetkazuvchi elementlar mavjud.

Shu tufayli tarkibida xlor mavjud bo‘lgan vositalar o‘rnini zamonaviy vositalar egallayapti. Lekin ushbu o‘zgarishlarni mamlakat miqyosida joriy etish normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu esa infeksiyalarning tarqalishining zamonaviy usullarda oldini olish imkonini beradi.

Lakshman Samaranayake ko‘rgazma ishtirokchilar bilan zamonaviy dezinfeksiyalar bo‘yicha xalqaro standart tibbiy protokollar bilan o‘rtoqlashdi. Bu esa infeksiya tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

BIOSTOM kompaniyasi rahbari, «IDECA» loyihasi direktori Fazliddin Sadikov taʼkidlaganidek, mamlakatimiz stomatologiyasi rivojiga oid masalalar muhokamasi ko‘rgazma doirasi bilan chegaralanib qolmaydi. Mutaxassislarning katta qiziqishini inobatga olib, dolzarb mavzularda munozaralarni davom ettirish, keyinchalik esa buni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida davom ettirish rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma va forum katta o‘quv dasturni ham o‘z ichiga olgan. Shuning uchun tashkilotchilar tomonidan takliflar mamlakatning barcha sohaga oid OTMlariga yuborilgan. Talabalar va ishlayotgan mutaxassislar uchun mashhur mutaxassislarning stomatologiya sohasidagi eng zamonaviy uslublari taqdim etiladi.

Spikerlar orasida yana bir faxriy mehmon  — Germaniyaning Xaydelberg universitetidan doktor Simon Shik, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan ekspertlar ham bor.

Masalan, rossiyalik ekspert Stas Belous rahbarligida stomatologiyada yangi raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi amalda ko‘rsatiladi. Bemorlar ishtirokida ularni katta monitorda yiriklashtirilgan holda ko‘rsatadi. Bu har bir qiziqqan kishining jarayonning barcha nozik jihatlarini aniq ko‘rish uchun. Maʼlumki, zamonaviy klinikalar yaxshi jihozlangan. 3D printerlar va og‘iz ichi skanerlari ham mavjud. Gap ularning imkoniyatlaridan qanday to‘laqonli foydalanishda. Va bu yerda hamkasblarning tajribasini har doim o‘rganib borish zarur. Aynan man shuning uchun “IDECA” katta imkoniyat yaratadi.

«Master-klasslar jarayonida biz, masalan, tayyorlashning zamonaviy raqamli protokollarini qo‘llash bilan stomatologik protezlar konstruksiyalarini tayyorlashning to‘liq siklini namoyish etamiz. Buning uchun bu yerda mini-laboratoriya o‘rnatiladi. Ish bemorni qabul qilishdan boshlanadi. Keyin esa — uning uchun laboratoriyada butun konstruksiyani tayyorlash bosqichi. Master-klass ishtirokchilari qadam-ba qalam hammasini ko‘rib turadi. Shuningdek, aniqlik kiritish uchun uslublar bo‘yicha savollar berib borishi mumkin», — deb tushuntirib berdi F. Sadikov.

Ko‘rgazma ketma-ket ikkinchi yil davom etyapti, va ko‘plab taniqli ekspertlarni taklif qilishimizga qaramay, stomatologiya sohasi mutaxassislari uchun barcha master-klasslarni tashkilotchilar bepul olib boryapti. Bunda maʼruzalar, munozaralar va jonli namoyishli o‘quv dasturlar uch kun davom etadigan ko‘rgazmaning barcha zallarida o‘tkaziladi. Va albatta, ishtirokchilarning butun diqqat-eʼtibori eksponent kompaniyalarning stendlariga qaratilgan bo‘ladi. Bunda ekspertlar stomatologiyaga va tashxisga oid uskunalarining, hamda Germaniya, Rossiya, Xitoy, AQSH Shveysariya, Janubiy Koreya va dunyoning bir qator mamlakatlarining ishlab chiqaruvchilarning ishlatiladigan materiallari eng yangi ishlanmalarining va uskunalarining zamonaviy turlarini namoyish etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling