Koreyaning Daejin universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Janubiy Koreyaning Daejin universiteti vitse-prezidenti professor Kwon Ho o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida asosiy yo‘nalishlar:
hamkorlikni kengaytirish – Daejin universiteti va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish;
Raqamli ta’limni rivojlantirish – O‘zbekistonda zamonaviy raqamli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish;
Beg‘araz mablag‘larni jalb qilish – Koreyadan grant va sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli ta’lim loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv yakunida Daejin universiteti bilan hamkorlikni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Daejin universiteti 1992-yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirda universitetda 7 500 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik bilan mashhur.