Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A.Kadirxodjayev Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Piza universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekistonning foydali qazilmalar yo‘nalishida katta istiqbolga ega mamlakat ekanligi, Piza universiteti Toshkent filialining yutuqlari diqqatga sazovor ekanligi, oliygohda yangi yo‘nalishlarni ochish imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini qayd etdi.