Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18 noyabr kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida ikki qizning halok bo‘lishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Viloyat YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH taxminan soat 19:30da 4R-41 avtomobil yo‘lining 29-kilometrida sodir bo‘lgan.
“Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi 33 yoshli A.O. belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan 13 yoshli I.M. va to‘rt yoshli I.K.larni urib yubordi. Qizlar olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.