Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatida yangi hokim o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi.
Zafar Azimov Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U yaqinda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat boshlagan edi.
Zafar Ruziyev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. 2013-2019-yillarda u Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlagan.