Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va Xitoyning "Jingbian Xinrong Oil Well Technical Service Co., Ltd" kompaniyasi bosh direktori Yunki Shang o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ustyurt hududidagi uglevodorod qazib olish qiyin bo‘lgan konlarda qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.
Tomonlar “Uz Gas Projects” MCHJ bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar chog‘ida uglevodorodlarni qazib olish samaradorligini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar muhimligi ta’kidlandi.
Ilg‘or texnologiyalar va innovasion yechimlarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdorligini bildirdilar.
“O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoy kompaniyasi uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish va qazib chiqarish sohasida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bu hamkorlik nafaqat neft va gaz sanoatini rivojlantirish, balki iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.