Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Sport 06/04/2025 Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida bo‘lib o‘tgan World Boxing tashkiloti Jahon kubogi musobaqasi yakunlandi. Bugun musobaqaning final janglari o‘tkazilib, O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor o‘zining kuchli va natijador o‘yinini namoyish etdi.

Bosh murabbiy Tulkin Qilichev rahbarligidagi erkaklar milliy terma jamoasi juda yaxshi natijalarga erishdi: 7 nafar bokschimiz finalga chiqdi va shundan 5 nafari oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yana ikki bokschimizga esa g‘alaba uchun ozgina yetishmadi.

O‘zbekistonlik bokschilar 10 ta vazn toifasidan 8 tasida sovrindorlar qatoriga kirib, 5 ta vaznda chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Bu natija O‘zbekiston jamoasiga umumjamoa hisobida yana birinchi o‘rinni taʼminladi.

Jamoaviy hisobdagi natijalar:

1-o‘rin — O‘zbekiston: 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali

2-o‘rin — Braziliya: 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza

3-o‘rin — Qozog‘iston: 3 ta oltin (2 ta erkaklar, 1 ta ayollar o‘rtasida), 3 ta bronza

O‘zbekistonlik chempionlar:

Asilbek Jalilov (50 kg)

Fazliddin Erkinboyev (75 kg)

Javoxir Ummataliyev (80 kg)

Turabek Habibullayev (90 kg)

Jahongir Zakirov (+90 kg)

Kumush medal sohiblari:

Mirazizbek Mirzaxalilov (55 kg)

Akmaljon Isroilov (85 kg)

Bronza medal sohibi:

Madiyar Daniyarov (60 kg)

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling