Isroil Madrimov Virjil Ortiska 12 raundlik jangda mag‘lub bo‘ldi
Surat: DAZN
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchradi.
Jang to‘liq 12 raund davom etdi va hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Ortisga berishdi. Hisob qaydnomalari 117-111, 115-113, 115-113 ko‘rinishida amerikalik sportchi foydasiga chiqdi.
Shu tariqa, Virjil Ortis WBCning vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Isroil Madrimov uchun bu professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.