“Ipoteka-bank” ikki to‘qimachilik klasterlarning 229 mlrd so‘mlik qarzini hisobdan chiqardi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AKIB “Ipoteka-bank” ikkita to‘qimachilik klasteriga tegishli qarzlarni jami 229 mlrd so‘m miqdorida hisobdan chiqardi. Bu haqda maʼlumot yagona korporativ axborot portalida eʼlon qilindi.
25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan “Ipoteka-bank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ikkita korxona – Parvoz Xumo Ravnaq Trans (158,2 mlrd so‘m) va Sangzor-tekstil (70,6 mlrd so‘m) kredit qarzining 30 foizini hisobdan chiqarish tasdiqlandi.
2024 yil yakunlari bo‘yicha “Ipoteka-bank”ning zarari 240 mlrd so‘mdan oshdi, bu esa mamlakatdagi barcha banklar orasida uchinchi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi.
YEGRPO maʼlumotlariga ko‘ra, Parvoz Xumo Ravnaq Trans kompaniyasi Buxoro viloyatida 2011 yil oktyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Uning ustav kapitali 28,2 mln so‘mni tashkil etadi va asosiy faoliyat yo‘nalishi paxta matolarini ishlab chiqarishdir. Tashkilotchi – Xo‘jamqulova Gulsara Ochilovna, direktor – Boqiyev Nurali Xalimovich.
Sangzor-tekstil korxonasi esa 2012 yil iyul oyida Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, u paxta tolasini tayyorlash va ip erishga ixtisoslashgan. Ustav fondi 459,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tashkilotchilar – Bazarov Diyor G‘afurovich (40%) va Kuchkarov Shohruxbek Sanjarovich (60%), direktor – Xo‘jatov Dilshod Turg‘unboyevich.