Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi.
Ipakchilik qo‘mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo‘mita va vazirliklarga o‘tkaziladi:
yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;
pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga;
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo‘mitasi tizimiga;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga.