Valyuta kurslari 06/03/2025
$1 – 12900.37
UZS – -0,02%
€1 – 13818.88
UZS – 1,89%
₽1 – 143.80
UZS – -0,47%
Qidirish
Iqtisod 05/03/2025 Investitsiyalar vaziri Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbari bilan uchrashdi

Investitsiyalar vaziri Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi (AUCC) raisi Kerolin Lemm bilan uchrashdi.

Asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, Amerika investitsiyalarini jalb qilish, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida AUCC tarkibiga kiruvchi kompaniyalar hamda Oʻzbekiston va AQShning yirik biznes vakillari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish masalalariga qaratildi.

Tomonlar Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, O‘zbekiston bozoriga yangi investorlarni jalb etish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling