Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Madaniyat 15/03/2025 Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi.

Allomaning islom olamidagi obro‘-eʼtibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:

- 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, moʻtadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;

- xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik taʼlimoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-maʼrifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;

- Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish.

“Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Moturidiylik taʼlimoti bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling