Valyuta kurslari 13/03/2025
$1 – 12920.00
UZS – -0,09%
€1 – 14102.18
UZS – -0,04%
₽1 – 149.52
UZS – -0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 11/02/2025 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNFPA: hamkorlikni kengaytirish

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNFPA: hamkorlikni kengaytirish

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligida O‘zbekistondagi UNFPA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan UNFPA Mamlakat dasturi loyihasi va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar dastur loyihasini batafsil ko‘rib chiqib, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va ehtiyojmand guruhlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan asosiy tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi.

So‘nggi yillarda UNFPA bilan hamkorlik doirasida reproduktiv salomatlik sohasida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi, «Inson» markazlari mutaxassislarining malakasi oshirildi, shuningdek, zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqildi, bu esa ehtiyojmand guruhlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Uchrashuv davomida yaqin yillarga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Xususan, himoyaga muhtoj guruhlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish hamda yirik tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi hamkorlikni davom ettirish va ijtimoiy himoya hamda gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling