Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 11/03/2025 Ijevsk kompaniyasi O‘zbekistonga 40 ta mini-GES yetkazib beradi

Ijevsk kompaniyasi O‘zbekistonga 40 ta mini-GES yetkazib beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Udmurtiya hukumati raisi Roman Yefimov o‘zining Telegram-kanalida Ijevskning «Dealan Energo» kompaniyasi O‘zbekistondagi aholi punktlaridan birini elektr energiyasi bilan taʼminlashini maʼlum qildi.

Kelasi haftada mamlakatda umumiy quvvati 230 kVt bo‘lgan sakkizta mini-GESni ishga tushirish va sozlash ishlari boshlanadi. Umuman, O‘zbekiston 40 ta shunday inshootni sotib olishga qiziqish bildirgan.

Bundan tashqari, «Dealan Energo» kompaniyasi Turkmaniston, Qirg‘iziston va Nigeriya bozorlarida ham o‘z ishtirokini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling