I chorakda “Anor bank”ning sof foydasi 117 milliard so‘mni tashkil etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Anor Bank“ning 2025-yil I choragi yakunlariga ko‘ra sof foydasi 117,0 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2024-yilning shu choragiga nisbatan 958,8% ko‘pdir (11,0 mlrd so‘m).
Bank ma’lumotlariga ko‘ra, foiz daromadlari 672,5 milliard so‘mni tashkil etib, 164,9 foizga, nofoiz daromadlari esa 166,2 milliard so‘mni tashkil etib, 15,5 foizga o‘sgan.
Bank aktivlari 2025-yilning I choragi yakuni bo‘yicha 11,9 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2024-yilning I choragiga nisbatan 113 foizga ko‘pdir.
Bank kapitali hisobot davrida 83,4 foizga oshib, 1,2 trln. so'm.
Bankning kredit portfeli I chorak yakuniga ko‘ra 7,6 trln.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,5 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,6 foizdan 2,8 foizgacha oshdi.