Huawei va China Unicom Xitoyda ilk 10G standartdagi keng polosali tarmoqni ishga tushirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Huawei va China Unicom kompaniyalari Xitoyning Xebey viloyati Sunan uyezdida mamlakatdagi ilk 10G standartdagi keng polosali tarmoqni ishga tushirishdi. Bu internet infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb xabar bermoqda Mydrivers.
Ushbu yuqori tezlikdagi tarmoq ilg‘or 50G PON (passiv optik tarmoq) texnologiyasi asosida qurilgan. Optik tolali kirish tarmoqlari asosiy arxitekturasining modernizatsiyasi tufayli unda samaradorlik keskin oshirildi — internet tezligi gigabit darajasidan 10G darajasiga chiqdi, kechikish esa bir necha millisekundgacha qisqardi.
Haqiqiy sharoitlarda o‘tkazilgan namoyish jarayonida ushbu tarmoqqa ulangan xonadon yuklab olish tezligi 9 834 Mbit/s, yuklab jo‘natish tezligi esa 1 008 Mbit/s ni tashkil etdi. Tarmoq kechikishi esa bor-yo‘g‘i 3 millisekund bo‘lgani qayd etildi.