Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda haydovchi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘mlik mikrokredit rasmiylashtirgan.
Hodisa mast holda bo‘lgan ayol bilan sodir bo‘lgan. U ikki erkak bo‘lgan taksiga o‘tirgan.
Yo‘lovchi manzilni aniq ayta olmagani uchun haydovchiga geolokatsiya ko‘rsatilgan telefonini topshirgan va uyquga ketgan.
Bu vaziyatdan foydalangan buzg‘unchilar smartfon orqali 12 mln so‘m miqdorida mikrokredit rasmiylashtirishgan.
Jinoyatchilar qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.