Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 18/01/2025 Hakimjon Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Hakimjon Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hakimjon Abdumuminovich Dolimov Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, barersiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ungacha u Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlagan. Yangi o‘rinbosarning rasmiy taqdimoti viloyat hokimligi yig‘ilishida o‘tkazilgani haqida Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

H. Dolimov 1983-yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi mutaxassisi sifatida boshlagan. Bosh mutaxassis, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hokim o‘rinbosarining sanoat, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Milliy va hududiy investitsiyalar yo‘nalishlari va loyihalarini shakllantirish boshqarmasining bosh mutaxassisi lavozimini egallagan.

2021-yildan yangi lavozimga tayinlangunga qadar H. Dolimov Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling