Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 27/03/2025 Germaniya va Fransiya ortidan Avstriya ham bitim imzolashga tayyor

Germaniya va Fransiya ortidan Avstriya ham bitim imzolashga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar hamda Ichki ishlar vazirliklari masʼullaridan iborat delegatsiya Avstriyaning qator rasmiy idoralari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, Avstriya Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mehnat va iqtisodiyot, Taʼlim, fan va tadqiqotlar Federal vazirliklari hamda Avstriya Biznes agentligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tartibda Avstriyaga yuqori maoshli ishlarga joylashtirish, migratsiya sohasida qo‘shma loyihalarni yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Hukumati va Avstriya Hukumati o‘rtasida migratsiya sohasida Hukumatlararo Bitim loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Federal Savdo-sanoat palatasi direktori o‘rinbosari Astrid Fixl-Pummer xonim bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekistondan mutaxassislarni Avstriya korxonalariga jalb qilish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Ushbu Palata joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonda vakolatxona ochadigan bo‘ldi. Ochilish marosimiga Avstriyadan yirik ish beruvchilarni taklif qilgan holda "Mehnat forumi"ni ham Toshkentda tashkil qilishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling