Germaniya O‘zbekistonga Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniya Yevropa mamlakatlari fuqarolarini Afg‘onistondan shoshilinch evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik izhor qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi GFR Elchixonasining rasmiy bayonotiga tayanib.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Germaniyaga evakuatsiya qilingan shaxslarni vaqtincha joylashtirish, ularni xavfsiz hududga olib borish va keyinchalik Germaniyaga yuborish uchun Toshkent aeroportdan foydalanish imkoniyatini bergan.
Diplomatik vakolatxona taʼkidlaganidek, ushbu operatsiyani o‘tkazish «O‘zbekiston bilan hamkorliksiz imkonsiz bo‘lar edi».
«Biz O‘zbekiston hukumatiga va barcha vakolatli idoralarga mazkur vazifani tezkor va muvofiqlashgan holda bajarishni taʼminlaganliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq xabar qilinganidek, Afg‘onistonda ayollarga erkak hamroxisiz ishlash taqiqlandi, baʼzi hollarda esa uning butun ish kuni davomida ofisda hozir bo‘lishi talab etiladi.