Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
O‘zbekiston 01/03/2025 Gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor 1-aprelga qadar uzaytirildi

Gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor 1-aprelga qadar uzaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor 1-aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi e’lon qildi.

Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, 

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling