“Fuqarolar tasviridan foydalanishga rozilik berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiritildi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
“Fuqarolar tasviridan foydalanishga rozilik berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiritildi

“Fuqarolar tasviridan foydalanishga rozilik berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiritildi

“Fuqarolar tasviridan foydalanishga rozilik berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni ishonchli himoya qilish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar, jumladan, shaxsiy daxlsizlik huquqi yanada mustahkamlab qo‘yildi.

Bugungi jadal axborot-kommunikatsiya davrida ayrim hollarda shaxslarning tasviridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda shaxsiy daxlsizlik huquqi uni amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagani sababli ayrim hollarda cheklanmoqda.

Loyihada shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy shartligi, ushbu munosabatlarda voyaga yetmagan bolalar mustaqil huquq subyekti ekanligi, tasvirga olish va undan ruxsatsiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar doirasi belgilanmoqda.

Shuningdek, videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar, tasvirdan ruxsatsiz foydalanilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar aniq belgilanib, mehnat munosabatlarida tasvirdan foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirilmoqda.

Majlisda deputatlar ayrim normalar bo‘yicha aniqlashtiruvchi savollar berishdi. Loyiha matnini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi.

Qizg‘in muhokamalar va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling