Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 22/11/2024 "Flyadeal" aviakompaniyasi Jiddadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

"Flyadeal" aviakompaniyasi Jiddadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21-noyabr kuni Toshkent aeroportida Saudiya Arabistoni "Flyadeal" aviakompaniyasining  kelgan birinchi reysi kutib olindi. Bortida 320 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 23:40 da poytaxtga qo‘ndi. An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi, ekipaj esa gullar bilan kutib olindi. Birinchi reysni tantanali kutib olish marosimida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda aviaspotterlar ishtirok etdi.

Jidda – Toshkent – ​​Jidda yoʻnalishi boʻyicha muntazam ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga besh marta dushanba, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 1-dekabrdan boshlab samolyotlar shu yoʻnalishda har kuni parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 15-dekabrdan boshlab "Flyadeal" Jiddadan Namanganga ham parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

“Bugun "Flyadeal" Oʻzbekiston aeroportlariga parvozlarni amalga oshiruvchi xalqaro aviakompaniyalar qatoriga kirdi va "Uzbekistan Airports" kompaniyasining yangi hamkoriga aylandi. Bundan tashqari, ushbu aviatashuvchi haqida so'z yuritganda, bu yosh va tez rivojlanayotgan aviakompaniyalardan biri ekanligini ta'kidlash kerak. Shuningdek, yaqin vaqt ichida Jidda – Namangan va Madina – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan”, - dedi “Uzbekistan Airports” rahbari Javlonbek Umarxodjayev.

“Flyadeal" yo‘lovchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, qulay jadvallar va parvozlar uchun hamyonbop narxlarni taqdim etishga intiladi. Ishonchimiz komilki, ushbu reyslarning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi havo aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, Saudiya Arabistoniga umra va haj ziyoratlarini amalga oshirish uchun boradigan yo'lovchilar uchun havo qatnovlarini hamyonbop qiladi”, - deydi "Flyadeal" kompaniyasining O'zbekistondagi vakili Dilmurodxon Baxtiyorxonov.

"Flyadeal" Saudiya Arabistonining arzon havo tashuvlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi bo'lib, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining asosiy aviatashuvchisi "Saudia" tomonidan 2017-yilda "Saudia Group"ning transformatsiya strategiyasi doirasida  tashkil etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling