Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 25/04/2025 “Fix dessert chocolatier” savdo brendi ostidagi shokolad mahsuloti ustidan nazorat tadbiri amalga oshirildi

“Fix dessert chocolatier” savdo brendi ostidagi shokolad mahsuloti ustidan nazorat tadbiri amalga oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan “Eco bozor”ning Beruniy filiali savdo nuqtalarida sotilayotgan “Fix dessert chocolatier” brendi ostidagi Dubay shokolad mahsulotlari ustidan nazorat xaridi amalga oshirildi.

Tanlab olingan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida “O‘zTest” DM sinov laboratoriyasiga topshirildi. Bayonnoma natijalariga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi:

— Mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), shuningdek, achitqi zamburug‘larning yuqori darajadagi mavjudligi;

— Koli guruhidagi bakteriyalar (БГКП) va “Salmonella 25 g” bakteriyasining mavjudligi, bu esa me’yoriy hujjatlarda qat’iyan taqiqlangan;

— Bunday ko‘rsatkichlar inson salomatligi uchun xavfli bo‘lib, ayniqsa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, UzTR.490-022:2017-sonli “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning tegishli bandlari talablari buzilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling