Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 14/03/2025 Fitch “Kapital Sug‘urta“ reytingini “B-” darajasiga pasaytirdi

Fitch “Kapital Sug‘urta“ reytingini “B-” darajasiga pasaytirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fitch Ratings ”Kapital Sug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini (IFS) “B” darajasidan “B-” darajasiga tushirdi va “Barqaror” prognozini belgiladi.

Reytingning pasaytirilishi ”Kapital Sug‘urta” biznesining oshgan tavakkalchiligi, diversifikatsiyaning kamayishi, kapitalizatsiyaning zaiflashishi, moliyaviy ko‘rsatkichlarning sustligi hamda yuqori investitsion va rezerv xavflari bilan bog‘liq bo'ldi.

Agentlik kompaniyaning biznes xavf profili yomonlashganini, bunga sabab u moliyaviy tavakkalchilik bilan bog‘liq mahsulotlarga ko‘proq e’tibor qaratayotganini qayd etdi.

Xususan, 2024 yilda to‘lovga layoqatsizlik yoki bankrotlikdan himoya qiluvchi moliyaviy tavakkalchilik sug‘urtasi ulushi brutto mukofotlarda 60% ga, neto mukofotlarda esa 52% ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda mos ravishda 11% va 12% ni tashkil etgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling